Chidama lyrics
by Konsta
[«Chidama» qo‘shig‘i matni]
[Intro]
Chidagin, chidagin
Chidash kerak. Uydan chiqmaylar
Sabrning tagi oltin
Hamma chidagan, sen ham chidash-
Mos kelin
Chidash kerak edi
(RE.M)
[Ko‘plet 1: Konsta, LOLA]
Sovuq qishdan keyin aniq keladi bahor
Eng qorong‘u tundan keyin ham keladi tong
Chidash uchun bizga yetib ortadi maqol
Faqat chidab kurashmasdan yashab o‘tamiz nahot?
Sabrdan gap ketganida hammamiz daho
O‘zgalarni kechinmalariga beramiz baho
Hamma chidagan, hayot shunaqa-yu hammamizda
Qol, borgan joyinda qot, zulm bo‘lsa ham yaqqol
[Interlyudiya]
Qaytish kerak, qaytish kerak
Qaytish kerak
[Ko‘plet 1: Konsta, LOLA]
Sabr tagida oltin, ko‘zda yoshlarin marjon
Topganing umid, ko‘rganing charchoq
Balki sinovlar o‘tar lekin zo‘rg‘a chidar jon
Bitta sherik topilmaydi dimog‘ingga chiqar chog‘
Chidaganlar молодец'-ku, chidash bariga yechim
Urishsa, ichishsa o‘tib ketar, chida qarigangacha
Shaxsiy orzu, umid, sog‘liq — chida baridan kechib
Insonni ishi chidashmi toki bor ekan kuchi
[Interlyudiya: Konsta]
Qayerga ketyapsizlar?
Qayerga ketyapsizlar?
[Ko‘plet 1: Konsta, LOLA]
Yarashadi senga ham baxtdan charaqlasa yuz
Eng yaxshisiga loyiq ko‘zlaring bunchalar mayus
Yetadi dard-u alam, sen uchun o‘tmasa kuz
Bil yolg‘iz emassan, qolma darding bilan yuzma yuz
[Naqarot: LOLA, Konsta]
Yashashni tanla (Yashashni tanla)
Kurashni tanla (Kurashni tanla)
«Chidash kerak» deydi kurashmaganlar
Chidashni emas, yashashni tanla
Yashashni tanla (Yashashni tanla)
Kurashni tanla (Kurashni tanla)
«Chidash kerak» deydi kurashmaganlar
Chidashni emas, chidashni emas (Yashashni tanla)
[Interlyudiya]
Kimgayam kerak eding? Hech kimga kerak emasman
Chidagin. Hamma chidagan, sеn ham chidaysan
[Ko‘plet 2: Konsta, birga, LOLA]
Chidash haqida maqol bo‘lsa — yodla
Yashamasdan o‘tar minglab hayotlar
Yozilmasdan qirqilgan bu qanotlar
Xuddi hayot yarim
Keraksiz joyda kerakmas sabr toqat
Ba'zida sabrni tagi jabr faqat
Baxtga talpinadi har bitta qalb
Qadrsiz ketadi farishta ham (O‘-o‘-o‘)
Bilgin, sеn yolg‘iz emassan
Baxtga intil har nafasda
Gap-so‘zlarga qaramasdan
Ozod qil o‘zingni qafasda-a-a-an
[Naqorat: LOLA, Konsta]
Yashashni tanla (Yashashni tanla)
Kurashni tanla (Kurashni tanla)
Chidash kerak deydi kurashmaganlar
Chidashni emas yashashni tanla
Yashashni tanla (Yashashni tanla)
Kurashni tanla (Kurashni tanla)
Chidash kerak deydi kurashmaganlar
Chidashni emas, chidashni emas
[Naqarot: Konsta]
Yashashni tanla (Yashashni tanla)
Kurashni tanla (Kurashni tanla)
Chidash kerak deydi kurashmaganlar
Chidashni emas, yashashni tanla
Yashashni tanla (Yashashni tanla)
Kurashni tanla (Kurashni tanla)
Chidash kerak deydi kurashmaganlar
Chidashni emas, chidashni emas
[Autro]
Yashashni tanla
Kurashni tanla
«Chidash kerak» deydi kurashmaganlar
Chidashni emas, yashashni tanla