Yurak Sanchar lyrics

by

Ozodbek Nazarbekov


Yo Rab, bu ne guldurkim, boshig'a chechak sanchar
Gah egri qo'yar bo'rkin, gah belga etak sanchar

Ko'nglumga chekib novak, oj ayladi payvandin
Har zahmki, ul teshdi el anga so'ngak sanchar
Ko'nglumga chekib novak, oj ayladi payvandin
Har zahmki, ul teshdi el anga so'ngak sanchar

Boshimg'a havas la'ling, olamg'a vido ettim
Chiqsa kishi majlisdin, boshig'a gazak sanchar

G'am kulbasida, jono, ul xastag'a rahm etkim
Tebransa bag'ir og'rir, dam ursa yurak sanchar
G'am kulbasida, jono, ul xastag'a rahm etkim
Tebransa bag'ir og'rir, dam ursa yurak sanchar

Yurak sanchar
Yurak sanchar
Yurak sanchar

Qullobi muhabbattur sargashta ko'ngullarg'a
Chun qush solib ul chobuk, boshig'a gajak sanchar

Sanchilg'on ajal xori, ishq uchrasa bilgaysen
Kim jonga balo nishin hajr o'zgacharoq sanchar
Jismin chu Navoiyning paykoni temur qildi
Bilmonki, sinon emdi bag'rig'a netak sanchar?

Ko'nglumga chekib novak, oj ayladi payvandin
Har zahmki, ul teshdi el anga so'ngak sanchar
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z #
Copyright © 2012 - 2021 BeeLyrics.Net