Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi (Uzbekistan’s National Anthem) lyrics

by

National Anthems



[Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni]

[Ko‘plet 1]
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon! Mehribon
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

[Naqarot]
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

[Ko‘plet 2]
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot! Zoʻr qanot
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!

[Naqarot]
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z #
Copyright © 2012 - 2021 BeeLyrics.Net