Faktotum lyrics
by Konsta
[«Faktotum» qo‘shig‘i matni ft. Konsta]
[Ko‘plet 1: qarz]
Aniq fanlarga o‘tmadi tishim
Raqamlardan iborat dunyoda gumanitariyman
Haligacha topolmadim ishimni
Pul va baxt orasida bilmadim nima tanlayman
Patnis to‘la idish-tovoq tashuvchisi
Odam to‘la avtobusdagi chiptachi
Tabassumi majburiy ofis ishchisi
O‘tgan umrimga ketmasa ichim achib (Yo‘q)
Ba'zan yetmaydi shijoatim
Ertangi kunimga bo'lgan ishonchim so'nib bo'lgandek
Dunyo tuganmas sir-sinoati
Omad qo‘rasidagi koeffitsient nega doim nolga teng?
Marra sari tezroq uchay desam
Yo‘limda to‘siqlar chiqar, afsuski yetmishga radardek
Musiqang nima berar? — deb qotar ensam
Manikidek qalb egasiga nayzadek qadaldim
[Naqarot: qarz]
Bor-u yo‘g‘im asli mana shu, uzoq yo‘lim asli mana shu
Kerak emas ming xil tanishuv
Cho‘qqilardan sakragan qalbinga shu ojiz musiqam bo‘lsin parashut, ammo
Bor-u yo‘g‘im asli mana shu, uzoq yo‘lim asli mana shu
Kerak emas ming xil tanishuv
Cho‘qqilardan sakragan qalbinga shu ojiz musiqam bo‘lsin parashut, ammo
[Interlyudiya: qarz, Konsta]
Hayotingni eng muhim ikki kuni mavjud: biri — san dunyoga kelgan kun
Ikkinchisi — nima uchun kelganingni tushungan kuning (Ey, ey)
[Ko‘plet 2: Konsta]
Bir, ikki, uch, to‘rt, besh — ertalabgi
Oyna oldidagi breynshto‘rm: «Javob ber talabga!»
Muammo kelmaydi bittalab hech
To‘qsoninchi yillar kimni erkalapti?
Labirint ichidagi har xil yo‘llar — ustozimiz
Перспектива ko‘rinmasa — orzu oddiy so‘z emas
Oddiy kir qog‘oz emas bu ko‘pletlarim
Uchib ketiladi bu ko‘chadan, lekin hozirmas
Universal Pictures, universal kasb
Ishdan qochish yo‘q, halol pulni bersa — bas
Ammo ko‘cha cho‘ktiradi o‘z botqog‘ida
Maqsadi bor sog‘ odam — gigant, Gulliver sifat
Bir, ikki, uch, to‘rt — beshinchi urinish
Hayot sinovlari laycha qib qo‘yadi bo‘rini
Bir, ikki, uchta qadam, nari borsa — ko‘rinar
Davomi qorong‘u, yurganda ko‘rasan borini
Bu oddiy hayot, seniki qiyinmi? Ayt, sen!
Maqsad uchun o‘n ming soat har kuni — bu Kaizen
Bu oddiy hayotida обед'ga pul bo‘lmasa?
Bizga bu клоун'laring kulgumas-u
Noziklar turayveradi, kimdir «Yur!» demasa
Maqsadi yo‘qlar hayotdayam bir xil turdi, mazza
Biz kelgan joylarda och qolardi, yugurmasa
Bu oddiy hayot — bu bir baza! (Baza)
[Naqarot: qarz]
Bor-u yo‘g‘im asli mana shu, uzoq yo‘lim asli mana shu
Kerak emas ming xil tanishuv
Cho‘qqilardan sakragan qalbinga shu ojiz musiqam bo‘lsin parashut, ammo
Bu hayot o‘tаr bir zumda — ishonmasang, qara ko‘zguga
Yulduzlar aylanib yog‘duga — millionlar allaqachon asta ko‘z yumgan-ku
Tamom!
[Autro: qarz]
(Bor-u yo‘g‘im asli mana shu, uzoq yo‘lim asli mana shu)
(Kerak emas ming xil tanishuv)
(Cho‘qqilardan sakragan qalbinga shu ojiz musiqam bo‘lsin parashut, ammo)
(Bu hayot o‘tаr bir zumda — ishonmasang, qara ko‘zguga)
(Yulduzlar aylanib yog‘duga — millionlar allaqachon asta ko‘z yumgan-ku)
(Tamom!)