Odamlar nima deydi?! lyrics
by Konsta
[«Odamlar nima deydi?!» qo‘shig‘i matni ft. Timur Alixonov]
[Intro: Konsta]
Odamlar nima desa desin! Yashaylik!
Chin dildan kulib samimiy gaplashaylik!
Odamlar nima desa desin! Tashlaylik qo‘rqishni!
O‘ylashni, yashashni boshlaylik! (RE.M)
[Ko‘plet 1: Konsta]
Odamlar nima deydi?
O‘zingni bosvol, hammaga o‘xsha
Yig‘ishtir! Qanaqa музыка? Qanaqa san'at?
Muhimroq hammadan o‘qishing
Odamlar nima deydi?
Katta bo‘pqolding-ku! Qachonga to‘y endi?
Qanaqa ish?! Karyerangni qo‘y endi
Shu yoshdayam endi qanaqa o‘yin bu? E!
Yig‘ishtir tepishni koptok!
Qanaqa футболист? Ishingni top давай!
Qanaqa boks? qanaqa kurash?
Shunchasi chempion bo‘p qoptimi?
Odamlar nima deydi?
Bu yil ham bolasi o‘qishdan qoptimi?
Senga shuncha umrimni yo‘qotib
Natijasiga men shuni topdimmi?
Odamlar nima deydi?
Indama! gapirma! Ko‘tarma boshni!
Qattan bo‘sayam topish kere to‘yga
Nima deydi qo‘ni-qo‘shni? Zo‘r qil oshni!
Odamlar nima deydi?
Tengdoshmi? Kelin qimiman sinfdoshni!
Odamlar nima deydi?
Qilma ko‘z yoshlar!
Qizim joyingda qolgin toshday!
Indama! Gapirma: urushsa, ichishsa
O‘tib ketadi, hali sevadi, vaqt o‘tadi
Farzand bo‘gandan keyin o‘zgaradi
Qaytib kema qizim! Gap so‘zlar keremas!
Nima deysan endi? Hayot shundayda
Joninga qasd?! Nima qilganing bu?!
Odamlar nima deydi?!
[Naqarot: Konsta]
Odamlar nima desa desin! Yashaylik!
Chin dildan kulib samimiy gaplashaylik!
Odamlar nima desa desin! Tashlaylik qo‘rqishni!
O‘ylashni, yashashni boshlaylik!
Odamlar nima desa desin! Yashaylik!
Chin dildan kulib samimiy gaplashaylik!
Odamlar nima desa desin! Tashlaylik qo‘rqishni!
O‘ylashni, yashashni boshlaylik!
[Ko‘plet 2: Timur Alixonov]
(Haaa)
Odamlar nima deganidi?
Yaqinlar xuddi begonadek
Ishing bu o‘yin, jiddiy emassan
Qo‘llab quvvatlagan kam edi
Odamlar nima deganidi?
Axir ular biladigan edi (A-a)
Sen o‘zingni yo‘lingni izlab qiynalasan
Battar qiladi yanada (A-a)
Lekin menga farqi yo‘q
Biz tomonda ham chiqar quyosh!
Ko‘rsatmasdan ko‘zlarda yosh
Yiqilsang — tepadiganlar tayyor
Har kuni top motivatsiya. Tur!
Yomg‘ir ostida taksi tut
Metro, institut, stipendiya kut
Hammasi bo‘ladi «good»
Yurakda bo‘lsa orzu-u
Barcha gap-so‘zlar ortda qolar
Unga yetganda bir zum
O‘zgaradi mavzu
Erishganda — o‘shanda odamlar nima degandi?
Endi muhimmas u!
Endi muhimmas u!
[Brij: Timur Alixonov, Konsta]
Odamlar nima deydi?
Hayotingni ulardan uzoqda qur
Odamlar nima deydi?
Ko‘p o‘ylasang, demak bo‘ladi haq u
Odamlar nima deydi?
Deb o‘ylasang — yashamaganing ma'qul
Odamlar har doim nimadir deydi!
Sen bu gaplarga bo‘lma qul
[Naqarot: Konsta]
Odamlar nima desa desin! Yashaylik!
Chin dildan kulib samimiy gaplashaylik!
Odamlar nima desa desin! Tashlaylik qo‘rqishni!
O‘ylashni, yashashni boshlaylik!
Odamlar nima desa desin! Yashaylik!
Chin dildan kulib samimiy gaplashaylik!
Odamlar nima desa desin! Tashlaylik qo‘rqishni!
O‘ylashni, yashashni boshlaylik!